Qashqadaryo viloyat IIB boshlig‘i sayyor qabulida 14 ta muammo joyida hal etildi

13

Qashqadaryo viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, 3-sektor rahbari Dilshod Tursunbayev viloyatning chekka tumanlaridan biri Muborak tumanining Chorvador mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi. Bu haqda “Qashqadaryo ziyokori”ga viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, Prezidentning 2019 yil 8 yanvardagi “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida viloyat prokurori o‘rinbosari Sherali Ashurov, Muborak tumani hokimi G‘ayrat Jovliyev hamda tuman IIB mas’ul xodimlari ishtirokida o‘tgan sayyor qabulda Yoshlik, Quruvchilar, Sariq, Qoraqum, Chorvador, Obod turmush va Olmazor mahallalarida yashovchi 300 dan ortiq fuqaro qatnashgan.

Foto: Viloyat IIB matbuot xizmati
  • Sayyor qabul davomida ijtimoiy dorixona tashkil etish masalasida yordam so‘radim, — deydi Chorvador mahallasida yashovchi Sayyora Sayimova. – Shunga asosan tuman hokimligi va kadastr idorasidan kelib yer maydonini ko‘rsatishdi. Hozirda tegishli hujjatlar rasmiylashtirilayapti.
    Viloyat IIB matbuot xizmatining ma’lumot berishicha, murojaatlar asosan ichki ishlar idoralariga ishga kirish, pasport olish, mol-mulkni undirish, uy-joy masalalariga oid bo‘lgan. Shunga muvofiq, 14 ta murojaat joyida ijobiy hal qilindi, bittasi ijroga yo‘naltirildi, qolganlari bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berildi, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Leave A Reply

Your email address will not be published.