Tovarlarni eksport va import qilish jarayoni soddalashtirilmoqda

192
Hurmatli tadbirkorlar, Adliya vazirligi tomonidan tovarlarni eksport va import qilish jarayonini soddalashtirish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.
Shunga koʻra karantin, veterinariya, SES, standart, bojxona idoralarining eksport va importni rasmiylashtiruviga oid oʻz taklif va mulohazalaringizni joriy yilning 2 fevraliga qadar Adliya vazirligiga telegrammdagi @qonunchilikbot orqali yuborishingizni soʻraymiz.
Adliya vazirligi Axborot xizmati

Leave A Reply

Your email address will not be published.