Xalq banki: chorvachilikda innovatsion loyihalar qoʻllanilmoqda

57
Yurtimizda aholini sifatli goʻsht va sut mahsulotlari bilan ishonchli taʼminlash maqsadida koʻplab chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, Yurtboshimiz tashabbuslari bilan har bir hududda yirik chorvachilik komplekslarining tashkil etilishi bu boradagi ishlarni yanada samarali boʻlishiga zamin yaratayotir. 
Qolaversa, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli topshiriqlariga asosan, aksiyadorlik tijorat Xalq banki mamlakatimizda chorvachilik sohasini rivojlantirish, moliyaviy qoʻllab-quvvatlash masalalariga masʼul etib belgilangani tizimning yanada rivojlanishiga olib kelmoqda.
Shu bois ham bank tomonidan chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini yanada koʻpaytirish, ichki isteʼmol bozorni arzon va sifatli chorvachilik mahsulotlari bilan taʼminlash hamda yangi ish oʻrinlarini yaratish borasida qator loyihalar amalga oshirib kelinmoqda. Birgina oʻtgan yilning oʻzida Xalq banki tomonidan chorvachilik yoʻnalishidagi 618ta loyihaga 498,2 mlrd. soʻm miqdorida kredit mablagʻlari ajratilib, 18 452 bosh nasldor qoramol olib kelinib, naslchilik xoʻjaliklarga tarqatildi.
Bundan tashqari, Xalq banki chetdan naslli qoramol olib kelish bilan cheklanmay, respublikamizdagi mavjud chorva mollarini sunʼiy urugʻlantirish koʻlamini kengaytirish,chorvachilik xoʻjaliklarida naslchilik ishlarini ilmiy asosda tashkil etish hamda eksport oʻrnini bosuvchi zotdor sigirlarni yetishtirish maqsadida zotdor buqalardan naslli urugʻ olish laborotoriyalari ham tashkil etishni moliyalashtirib kelmoqda.
Yaqinda ushbu loyihalardan biri Fargʻona viloyati Quva tumanidagi “Qayqubod nasl chorva” masʼuliyati cheklangan jamiyatitomonidan yoʻlga qoʻyildi.
– Mazkur loyihaga Xalq banki tomonidan ajratilgan 520 000 AQSH dollarilik kredit mablagʻlari hisobidan Germaniya davlatidan 24 bosh zotdor buqa, Fransiya davlatidan esa sunʼiy urugʻ olish laborotoriyasi olib keldik, – deydi MCHJ rahbari Isoqjon Nasriddinov. – Korxonamizyiliga 5 mln. doza naslli buqa urugʻlarini yetishtirish quvvatiga ega boʻlib, ushbu urugʻlarni respublikamizdagi chorvachilik xoʻjaliklariga hamda qoʻshni Qirgʻiziston va Qozogʻiston respublikalariga ham eksport qilishnirejalashtirayapmiz.
Jahon tajribasidan maʼlumki, chorvachilik sohasi rivojlangan davlatlarda naslli qora mollar toʻgʻri oziqlanishi bilan bir qatorda yuqori mahsuldorlikka ega boʻlgan naslli buqalar urugʻi bilan sunʼiy urugʻlantiriladi. Bu esa, kelgusida tugʻilgan buzoqlarning genetik sogʻlom boʻlishiga, ulardan olinadigan sut va goʻsht miqdorining oshishiga erishiladi.
Darhaqiqat, bugungi kunga qadar yuqori mahsuldorlikka ega boʻlgan naslli buqalarning urugʻlarini chet eldan valyuta hisobiga olib kelanar edi. Birinchidan narx jihatidan qimmat va respublikamiz iqlimiga mos kelmaslik holatlari juda koʻp uchrardi.
Endilikda chorvachilik sohasi rivojlangan davlatlar tajribasi asosida respublikamiz hududida zamonaviy laborotoriya tashkil qilindi. Bu esa respublikamizdagi chorvachilik xoʻjaliklari uchun qoʻshimcha qulayliklarni yaratadi.
Bank axborot xizmati
 
Reklama huquqi asosida

 

OʻzA

Leave A Reply

Your email address will not be published.