G’ALLA PARVARISHIGA MUNOSABAT TUBDAN O’ZGARADI

G'ALLA PARVARISHIGA MUNOSABAT TUBDAN O'ZGARADI

911

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 27 noyabrdagi “Boshoqli don etishtirishni yanada rag’batlantirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori bilan mamlakatimizda boshoqli don etishtirish bo’yicha amalga oshirilishi lozim bo’lgan tizimli ishlar belgilab berildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi viloyat boshqarmasi bosh inspektori Sherzod Sarmanov ushbu qarordan kelib chiqadigan asosiy o’zgarishlar va belgilangan vazifalar haqida quyidagilarni gapirib berdi:
Xarid narxi 60 foizga oshirildi
– Keyingi yillarda davlat xaridi uchun sifatli don etishtirish va hosildorlikni oshirishga qaratilgan keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ammo sohada yo’l qo’yilayotgan kamchiliklar ham talaygina. Xususan, erlarning sifatsiz tayyorlanishi, agrotexnika qoidalariga to’liq rioya qilinmayotgani, ayniqsa, ekish ishlarining kechiktirib yuborilishi, talab qilingan moddiy-texnika resurslari o’z vaqtida etkazib berilmasligi kabi qator omillar sabab g’alladan kutilgan hosil olinmayapti.
Shu bilan bir qatorda, yuqori natija qayd etgan fermerlarni shunga munosib tarzda rag’batlantirish yoki aksincha, past natija ko’rsatgan xo’jaliklarga nisbatan keskin choralar ko’rishni belgilovchi tartiblar ishlab chiqilmagan. Bu jihatlar ham boshoqli don ekinlari parvarishlovchi xo’jaliklar o’rtasida o’zaro raqobatni ta’minlash, ishga nisbatan mas’uliyatini oshirish imkonini bermaydi.
Vazirlar Mahkamasining ushbu qarorida mana shu kabi jihatlarga e’tibor qaratilib, don etishtiruvchi fermer xo’jaliklari uchun olingan hosilga munosib narx taklif etish, ularni qanday samaradorlikka erishganiga qarab ustama yoki chegirma qo’llash tartiblari belgilandi. Jumladan, 2019 yil hosili uchun bug’doyning har bir tonnasiga kafolatlangan davlat xaridining o’rtacha narxi 1 million 200 ming so’m miqdorida belgilandi. Ushbu narx joriy yilgiga nisbatan 60 foizga yuqoridir.
Albatta, etishtirilgan mahsulotga nisbatan yuqori narx taklif etilayotgani xo’jaliklarning moliyaviy barqarorligiga ijobiy ta’sir ko’rsatib, imkoniyatlarini yanada oshiradi.
Ko’p hosil olgan qimmat, kam hosil olgan arzon sotadi
– Endilikda davlat xaridi uchun etishtirilgan mahsulotlarni tabaqalashtirilgan narxlarda, ya’ni ustama va chegirmalar qo’llagan holda sotib olish tartibi joriy qilinadi. Boshqacha qilib aytganda, etishtirilgan boshoqli don ekini hosildorligiga qarab, davlat sotib oladigan mahsulot xarid narxiga 25 foizgacha ustama yoki chegirma qo’llaniladi.
Jumladan, sug’oriladigan maydonlarning har gektaridan olingan hosildorlikka qarab, barcha boshoqli don ekinlari bo’yicha don xarid narxiga quyidagi tarzda ustama yoki chegirma qo’llaniladi:
– 30 sentner va undan kam bo’lganida – 25 foiz chegirma;
– 31 sentnerdan 40 sentnergacha bo’lganida – 15 foiz chegirma;
– 41 sentnerdan 50 sentnergacha bo’lganida – 10 foiz ustama;
– 51 sentnerdan 60 sentnergacha bo’lganida – 20 foiz ustama;
– 61 sentner va undan yuqori bo’lganida – 25 foiz ustama qo’llaniladi.
Soliq ham hosildorlikka qarab hisoblanadi

Leave A Reply

Your email address will not be published.