O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida”gi Nizomning 39-bandiga asosan, tumanda maktab yoshidagi bolalarni umumiy o‘rta ta’limga qamrab olish jarayonida umumta’lim muassasalariga biriktirilgan hududlar (mikrohudud)ni aniq belgilab olish maqsadida, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunining 27-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 6,25-moddalariga asosan

Q A R O R   Q I L A M A N:

  1. Kasbi tumanida maktab yoshidagi bolalarni umumiy o‘rta ta’limga to‘liq qamrab olish bo‘yicha umumta’lim muassasalariga biriktirilgan hududlar (mikrohudud) ro‘yxati ilovaga asosan tasdiqlansin.
  2. Tuman hokimligi (M.Amirov), tuman xalq ta’limi bo‘limi (A.Suyunov), tumandagi umumta’lim muassasalari rahbarlari zimmasiga maktab yoshidagi bolalarni umumiy o‘rta ta’limga to‘liq qamrab olish, o‘quvchilarning darslarga qatnashish holati yuzasidan monitoring olib borish va uning natijasida aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rish vazifasi topshirilsin.
  3. Tumandagi umumta’lim muassasalar rahbarlari o‘zlari rahbarlik qilayotgan muassasaga biriktirilgan hududdagi maktab yoshidagi bolalarni o‘z vaqtida umumta’lim muassasasiga o‘qishga jalb qilish uchun mas’ul hisoblansin.
  4. Mazkur qaror tuman “Sadoqat” gazetasida rasmiy e’lon qilinsin va hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
  5. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
  6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimi o‘rinbosari M.Amirov zimmasiga yuklatilsin.

Қ-306 қарор электрон версияда

от umrzaq

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *