Қ-362    Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni 2022 yilda ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zahiraga qo‘yish to‘g‘risida

 

O‘zbekiston Respublikasi “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonun va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 5 dekabrdagi 965-son qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zahiraga qo‘yish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda belgilangan vazifalar ijrosi hamda “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning
6-moddasiga asosan

 

 

QAROR QILAMAN:

 

  1. Ijtimoiy muhofazaga muhtojlarning soni o‘zgarishiga qarab ular uchun  belgilanadigan ish o‘rinlarining eng kam soni va ularga qo‘yiladigan talablarni aniqlash uchun maxsus komissiya tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
  2. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun xodimlarning ro‘yxatdagi o‘rtacha sonining 10 foizi miqdorida, bu
    106 kishini (2-ilovaga muvofiq) tashkil etadi. Shu jumladan:

o‘n to‘rt yoshgacha bolalari bo‘lgan va nogiron bolalari bo‘lgan yolg‘iz va ko‘p bolali ota-onalar uchun 31 foiz (33  kishi);

umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini tamomlagan yoshlar, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarining davlat grantlari bo‘yicha ta’lim olgan bitiruvchilari 55 foiz ( 58 kishi);

safarbarlik chaqiruvi zaxirasida xizmatni o‘tagan va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari saflaridan muddatli harbiy xizmatdan bo‘shatilgan shaxslar 5 foiz ( 6 kishi);

nogironlar uchun 3 foiz (3 kishi);

pensiya oldi yoshidagi shaxslar uchun 2 foiz (2 kishi);

jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sudning qaroriga ko‘ra tibbiy tusdagi majburlov choralari qo‘llanilishidan ozod qilingan shaxslar, 2 foiz (2 kishi);

odam savdosi qurbonlari uchun 2 foiz (2 kishi).

  1. Ish beruvchilar ushbu toifa shaxslar uchun ish o‘rinlari xodimlar tomonidan o‘zlarining mehnat majburiyatlarini to‘siqlarsiz bajarishini ta’minlaydigan sanitariya-gigiyena normalariga va mehnat sharoitlariga muvofiq bo‘lishini ta’minlasin.

Bunda:

nogironlar uchun salomatligi va mehnat faoliyatiga nisbatan qo‘yiladigan belgilangan talablar hisobga olingan holda mehnat vazifasini to‘siqsiz bajarish imkonini beruvchi ish joylari;

yoshlar uchun, ular umumta’lim muassasalarini tamomlaganlaridan keyin ularning kasb-hunar tayyorgarligiga muvofiq keluvchi ish joylari;

14 yoshga to‘lmagan bolalari bor yolg‘iz ota, yolg‘iz onalarga hamda ko‘p bolali ota-onalarga bolalarni tarbiyalash va  mehnat majburiyatlari bajarishni birga qo‘shib olib borish imkonini beruvchi,  o‘zgaruvchan jadvalli ish joylari;

jazoni ijro etish muasasalaridan ozod qilingan yoki sud qarori bilan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralariga tortilgan shaxslar uchun ularning kasb tayyorgarligi hisobga olingan holdagi ish o‘rinlari.

  1. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar yil boshlanishidan oldin
    10 kundan kechikmay muhtojlarni ishga joylashtirish uchun zahiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlari umumiy sonining kamida 25 (yigirma besh) foizi miqdorida ish o‘rinlari zahiraga qo‘yilishi va tayyorgarligini ta’minlashi, shuningdek, bu haqda yil boshlangunga qadar tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazini xabardor qilinsin.
  2. Muhtojlar uchun ish o‘rinlarining qolgan qismini zahiraga qo‘yish tashkilot (ish beruvchi) tomonidan kalendar yilning birinchi choragi mobaynida ta’minlashi, bu haqda tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markaziga birinchi chorak tamom bo‘lganidan so‘ng, 10 kundan kechikmay  xabardor qilinsin.
  3. Ushbu qarorda nogironlar uchun zahiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlarining belgilangan sonidan ortiqcha nogironlar uchun ish o‘rinlari tashkil etgan tashkilotlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda imtiyozlar belgilanadi.
  4. Muhtojlar uchun ish o‘rinlarini zahiraga qo‘yish bo‘yicha tuman hokimining qarorini bajarmagan korxona, tashkilot va muassasalarning mansabdor shaxsiga, shuningdek, ularni ishga qabul qilish asossiz ravishda rad etilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlik belgilangan.
  5. Barcha korxona, tashkilot va muassasalar har oyda hisobot oydan keyingi oyning 5-kunigacha tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markaziga 3-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha muhtojlarni ishga joylashtirish to‘g‘risida ma’lumot taqdim etsin.
  6. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining “O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiya va grantlar ajratish tartibi to‘g‘risida Nizomni tasdiqlash haqida”gi (AV ro‘yxat raqami №-3163-son, 31.05.2019 yil) buyrug‘iga asosan, subsidiyalar ajratib berish tartibi amaliyotga joriy etilganligini hisobga olgan holda, “Ijtimoiy ehtiyojmand aholi qatlamlariga mansub shaxslarni kvotalangan eng sondan ortiq miqdorida ishga qabul qilgan korxona va tashkilotlarga – har bir xodim uchun 12 oyi davomida har oyda eng kam oylik  ish haqining 2 baravari miqdorida haq to‘lash tavsiya etilsin.
  7. Tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi (Ro‘ziyev)ga:

bir hafta muddatda, mazkur qarorning 2-ilovasida ko‘rsatilgan korxona, tashkilot va muassasalarning rahbarlar e’tiboriga yetkazilishini ta’minlasin.

  1. Tuman hokimining 2020 yil 14 senyabrdagi HQ-919/ 09-sonli qarori 2021 yil 31-dekabrdan o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
  2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi o‘rinbosari M.Jo‘rayev zimmasiga yuklatilsin.
  3. Mazkur qaror rasman e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

от umrzaq

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *