Телефоны для связи:
(97) 312-70-77 (Devonxona)
(75) 642-23-00 (Qabulxona)
Kasbi tumani hokimligining rasmiy sahifasi » “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni mazmun-mohiyati

“Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni mazmun-mohiyati

22 май 2024, Среда
609
0
Mazkur qonun 2021 yil 22 aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan bo‘lib, qonunning maqsadi davlat xaridlari sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Qonun bilan davlat xaridlari — davlat buyurtmachilarining tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) bo‘lgan ehtiyojlarini pulli asosda ta’minlash jarayoni ekanligi belgilab qo‘yildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi davlat xaridlari sohasidagi vakolatli davlat organ hisoblanadi.
Davlat xaridlari jarayoni davlat xaridlarini rejalashtirish, xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish, shartnomani tuzish va bajarish, davlat xaridlari monitoringi kabi bosqichlarni o‘z ichiga oladi.
Davlat xaridlari sohasidagi qonunchilik hujjatlarining to‘g‘ri qo‘llanilishi ustidan davlat nazoratini O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi davlat buyurtmachilari tomonidan amalga oshirilgan davlat xaridlarini auditdan o‘tkazadi va audit natijalarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga har yilning yakuni bo‘yicha kiritadigan hisobotida ko‘rsatadi, shuningdek ochiq axborot manbalariga joylashtiradi.
Davlat xaridlari subyektlari va ularning mansabdor shaxslari ushbu Qonunga va boshqa qonunchilik hujjatlariga, shuningdek korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi va shartnoma bo‘yicha o‘z zimmasiga yuklatilgan majburiyatlar lozim darajada bajarilishi uchun javobgar bo‘ladi.
Davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Abrayev Xasan Choriyevich,
Kasbi tumanlararo iqtisodiy sudi sudyasi.
Обсудить
Добавить комментарий
Комментарии (0)
Прокомментировать
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Партнеры