Телефоны для связи:
(97) 312-70-77 (Devonxona)
(75) 642-23-00 (Qabulxona)
Kasbi tumani hokimligining rasmiy sahifasi » Кasbi tumani hokimi To’xtamurod Abdixalikovich Meyliyevning tuman yoshlariga MUROJAATI

Кasbi tumani hokimi To’xtamurod Abdixalikovich Meyliyevning tuman yoshlariga MUROJAATI

30 апрель 2024, Вторник
610
0

Assalomu alaykum, 
Aziz va hurmatli kasbilik yoshlar!

Avvalam bor bugungi ommaviy axborot vositalariga chiqish orqali Siz aziz yoshlarga “Yoshlarga oid davlat siyosati” doirasida 2023-yilda  tuman yoshlarini har taraflama qoʻllab-quvvatlash boʻyicha amalga oshirilgan ishlar va 2024-yil “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash” yilida yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashdek ustuvor yoʻnalishlarda olib borilayotgan ishlar xususida hisobot berayotganimdan benihoyat xursandman.

Yoshlar – har bir yurt va millatning boyligi, buyuk salohiyati hamda kuch-qudrati manbaidir. Yurtimizda aholining 60 foizdan ziyod qismini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil qiladi. Shu bois ham mamlakatimizda yoshlarga g‘amxo‘rlik qilish, ular kelajakda komil inson bo‘lib voyaga yetishi va yurt taraqqiyoti yo‘lida o‘z imkoniyati va salohiyatini ishga solishi uchun barcha sharoitlar yaratib berilmoqda.


Sizlarga hisobot berishimdan oldin, tumanimizning demografik koʻrsatkichi bilan tanishtirsam;
Tuman aholisi soni 210 ming 785 nafarni tashkil etib, shundan 0-30  yoshdagi yoshlar soni 119230 nafarni, 18-30 yoshdagi yoshlar soni 44510 nafarni, 14-30 yoshdagi yoshlar soni – 52169 nafar (uyushgan - 32533 nafar, uyushmagan 19636 nafar), migratsiyada yaʼni xorijdagi yoshlar soni 1539 nafarni tashkil etadi.

 “Yoshlarga oid davlat siyosati” doirasida oʻtgan 2023-yilda olib borilgan islohotlar yuzasidan qisqacha toʻxtalib oʻtmoqchiman.

Tumanda 2023-yil davomida ijtimoiy ogʻir ahvolda boʻlgan yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash borasida mahalliy byudjetning orttirib bajarilgan qismi hisobidan “Yoshlar daftari” jamgʻarmasiga 2 mlrd 300 mln soʻmlik mablagʻlar oʻtkazilib, jami 1 ming 953 nafar yoshlarimizga 11 turdagi yoʻnalishlar boʻyicha 1 mlrd 886 mln soʻmlik  yordamlar  koʻrsatilgan.

Bunga misol sifatida 297 nafar yoshlarga 589 mln soʻm Professional va Oliy taʼlim muassasalariga toʻlov kontrakti summasining 50 foizgacha boʻlgan qismi, 52 nafar yoshlarni davolanish xarajatlari uchun 184 mln soʻm, 103 nafar yoshlarga 599 mln soʻmlik safarbarlik chaqiruvidagi rezerv xarajatlari toʻlab berilgan.

Bundan tashqari tumandagi 1604 nafar ishsiz, 1467 nafar maktab bitiruvchilaridan ish izlab doimiy daromadga ega boʻlish maqsadida mehnat bozoriga kirib kelgan jami 3071 nafar uyushmagan daromad manbaiga ega boʻlmagan yoshlarimizni, bandligi taʼminlangan. 

Ishsiz yoshlarni bandligini taʼminlashda doimiy ish oʻrinlariga joylashtirish orqali 217 nafar, tadbirkorlik subʼektlari tomonidan yangi loyihalar tashkil etish orqali 148 nafar, 216 nafar yoshlarga oʻz tadbirkorligini yoʻlga qoʻyishlari uchun 6 mlrd 745 mln soʻmlik imtiyozli kreditlar va 316 nafar yoshlarimizga 158 ga yer maydonlari ajratish orqali bandligi taʼminlanib, yoshlarning  doimiy daromad manbaiga ega boʻlishlariga erishildi.    

Yoshlarni boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda tumanda “Besh bosqichli besh tashabbus” olimpiadasining 1-2 mavsumlarida mahalla, sektor, tuman, viloyat, Respublika bosqichlariga 14-30 yoshdagi jami 49570  nafar yoshlarimiz madaniyat, sanʼat, axborot texnologiyalari va sport musobaqalariga jalb qilindi.  Yoshlarni sport bilan shugʻullanishi va ularni chiniqtirish uchun ham keng imkoniyatlar yaratilgan. Tumanda 1 ta sport maktabi mavjud boʻlib, jami 54 nafar ishchi xodim faoliyat koʻrsatib kelmoqda, shundan 28 nafari trener-oʻqituvchi, 21 nafari oliy maʼlumotli, 5 nafari tugallanmagan oliy, 5 nafari oʻrta-maxsus, 7 nafari oliy toifali, 18 nafari birinchi toifali, 2 nafari milliy toifali hakam, 8 nafari Sport hakamligiga egadir. 

2023-yil davomida sport maktabida 568 nafar sportchi oʻquvchi yoshlar unvonli, oʻsmirlar hamda kattalar sport razryadlarini qoʻlga kiritishdi va 6 nafar yoshlar Osiyo chempionatlarida yuqori natijalarga erishishdi.

Ular olimpiya sport turlari boʻyicha 3 ta oltin, 2 ta  kumush, 2 ta bronza medallarini qoʻlga kiritgan.
Muhtaram Prezidentimizning topshiriqlariga asosan yoshlar bandligini taʼminlash va ularni dehqonchilik bilan shugʻullanishlari uchun 450 gektar yer maydoni 600 nafar yoshlarga ajratilishi rejalashtirilmoqda.


T.A.Meyliyev,

Kasbi tumani hokimi.

Обсудить

Читайте также:

2024 yil 1 chorak hisoboti
15 апрель 2024, Понедельник
2024 yil 1 chorak hisoboti
Добавить комментарий
Комментарии (0)
Партнеры